Tijorat odami mer bo‘la oladimi? – Baku meri Ortiqxo‘jayevga salom yo‘lladi

Intervyu

image

QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Shayxov o‘tgan hafta Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Baku shahrida mehmon bo‘lib, poytaxt meri Eldor Azizov bilan uchrashdi. Mer QALAMPIR.UZ uchun eksklyuziv intervyu berdi. 

Eldor Azizov Baku shahri meri lavozimini vaqtincha bajaruvchi sifatida 2018 yilning iyul oyida tayinlangan edi. Nobyar oyida esa Prezident Ilhom Aliyev imzolagan hujjatga asosan Eldor Azizov Baku meri lavozimiga rasman tasdiqlandi. 

U bu vaqt davomida bor-yo‘g‘i ikkita OAVga intervyu berdi. Bulardan biri mahalliy telekanal bo‘lsa, ikkinchisi QALAMPIR.UZ internet nashri. 

Baku meri Eldor Azizov bilan Toshkent-Baku munosabatlari, Ozarbayjon poytaxtining kun sayin chiroy ochib borayotgani, osmono‘par binolar, dunyo e’tiborini o‘ziga tortayotgan hashamatli saroylar, qolaversa, kun sayin qadr topib borayotgan tarixiy obidalar, sayyohlar oqimi, ishsizlik, poytaxt aholisining muammolari haqida gaplashdik. 

Baku aholisi 3 millionga yaqin. Sayyohlar oqimi borasida u Toshkentdan ancha oldinda. Shahar ozoda, chiroyli va ko‘rkam. Xo‘sh, bu natijalarga qanday erishilyapti? Mer suhbat davomida ushbu masalaga ham to‘xtaldi. 

Bakuda ham yangi qurilish va biznes loyihalar sabab aholining uyi buziladimi? Odamlarning mulkiy haq-huquqlari qanchalik daxlsiz? Mer bu haqdagi savollardan qochgani yo‘q. 

Ma’lum bir lavozimda ishlash uchun tajriba kerakmi yoki tijoratda orttirilgan tajriba bilan ham mer bo‘lish mumkinmi? Eldor Azizovning bu haqdagi fikrlari ham sizga qiziq bo‘lsa, intervyuni tez orada QALAMPIR.UZ’da tomosha qilishingiz mumkin. 

Darvoqe, Eldor Azizov QALAMPIR.UZ orqali o‘zbek xalqiga, qolaversa, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga salom yo‘lladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Baku Eldor Azizov

Baholaganlar

194

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing