Shavkat Mirziyoyev Bakuda Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi
Jamiyat
−
18 may 977 1 daqiqa
Bugun, 18 may kuni Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon urbanizatsiya forumining 13-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ko‘p qirrali O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari muhokama qilingan.
Asosiy e’tibor tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, qayta ishlash, kimyo va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi hamda turizm kabi sohalarda kooperatsiya dasturini ishlab chiqish masalalariga qaratilgan.
Gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, rektorlarning birinchi forumi hamda Kino va madaniyat kunlarini o‘zaro o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.
Yetakchilar xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baku shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi.
Live
Barchasi