TIV o‘zbekistonliklarga Hindistonga borishdan tiyilishni tavsiya qilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hindistonga borishni rejalashtirayotgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. 

O‘zbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Hindiston Hukumatining qarori bilan CoVID-19 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida bugun, 13 martdan joriy yilning 15 martiga qadar chet el fuqarolariga yangi vizalar berish va avval berilgan vizalarning amal qilishi to‘xtatib qo‘yildi. Bundan diplomatlar va BMT xodimlari mustasno. 

Shu bilan birga, 2020 yil 15 fevraldan keyin Xitoy, Italiya, Eron, Koreya Respublikasi, Fransiya, Ispaniya va Germaniyaga borgan barcha shaxslar Hindistonga kelishlari bilan 14 kunlik karantinga joylashtiriladilar. 

Shu munosabati bilan Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa, Hindistonga borishdan tiyilib turishni tavsiya qiladi va vatandoshlarga O‘zbekistonning Dehli shahridagi Elchixonasining telefon raqamlarini eslatib o‘tadi: (+9111) 24670774, 24670775, 24105640.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Hindiston koronavirus

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing