TIV Tulada o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayol bo‘yicha bayonot berdi
Jamiyat
−
01 may 2019
5065Xabaringiz bor, joriy yilning 30 aprel kuni Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahridagi supermarketda ishlovchi o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha pichoqlab o‘ldirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.
Unda ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qo‘lga olingan.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi hamda Elchixona Konsullik bo‘limi ushbu mudhish hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelishda ko‘maklashish maqsadida nazoratda ushlab turganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi