TIV: Tomskda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning shaxslari aniqlanmoqda

Olam

Avvalroq, Tomsk shahrida ro‘y bergan yong‘in oqibatida bir guruh o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.

Mamlakatning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 21 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk oblasti, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy posyolkasi, Svoboda ko‘chasi, 1/3 uy manzilida joylashgan bir qavatli yog‘ochdan yasalgan qurilish binosi yonib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ochni qayta ishlash korxonasi ishchilari yashagan ushbu binoda 10 kishining jasadi topilgan. Ta’kidlanishicha, ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari.

TIV xabarida aytilishicha, halok bo‘lganlarning shaxslari aniqlanmoqda. Ikki jabrlangan ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ular yengil jarohat olgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgandan keyin qo‘yib yuborilgan.

“Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi”, deyiladi xabarda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakat bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: + 7 (383) 246-04-85; + 7 (383) 246-04-63, + 7 (383) 246-04-64; + 7 (383) 246-04-84.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Tomsk

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing