TIV Misrga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Misr Sog‘liqni saqlash va aholishunoslik vazirligi mamlakatga havo, dengiz portlari va quruqlikdagi chegara o‘tkazish punktlari orqali kirishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qohira shahridagi Elchixonasi xabar qildi.

Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, joriy yilning 22 yanvaridan boshlab Misrga kelgan barcha fuqarolar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yoki mamlakat Dori-darmon agentligi tomonidan tasdiqlangan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni taqdim etishlari shart. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno.

Qayd etilishicha, Sinopharm, Sinovac, AstraZeneca, Sputnik V, Moderna, Pfizer va Johnson & Johnson vaksinalari Misrning o‘zida favqulodda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan.

Emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatda sayohatchi kelishidan kamida 14 kun oldin bir martalik vaksinaning bitta dozasini yoki ikki martalik vaksinaning oxirgi dozasini olganligini ko‘rsatishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Misr

Baholaganlar

383

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing