TIV xorijdagi o‘zbekistonliklarga eslatma bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan yoki doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat yo‘lladi.

Unda, joriy yilning 10 fevralidan “Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” kuchga kirgani ta’kidlangan.

Ushbu Yo‘riqnomaga muvofiq, chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan o‘tish uchun consulate.mfa.uz veb-portali orqali masofadan interaktiv konsullik xizmatidan foydalanishlari mumkin. Ayni paytda ushbu internet-resurs sinov rejimida ishga tushirilgan.

Vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga olish bo‘yicha interaktiv xizmat dasturiy tizimi texnik sinovdan o‘tkazilgandan keyin qisqa vaqt ichida o‘rnatiladi va yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, vazirlik boshqa konsullik xizmatlarini bosqichma-bosqich interaktiv asosga o‘tkazish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV konsullik xizmati

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing