TIV o‘zbekistonliklarni yana bir bor ogohlantirdi

Olam

image

O‘zbekiston TIV Xitoyga borishni rejalashtirayotgan va xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot choralarini ko‘rishga yana bir bor chaqirdi.

O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy rasmiy idoralari Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) tarqala boshlagan pnevmoniya virusining (koronavirusning) yangi shaklidan 2020 yil 20 yanvar holatida jami 4 kishining vafot etganini xabar qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning mas’ul idoralari Uxan shahrida 136 nafar yangi kasallanish holatini aniqlagan. Pekin va Shenchjen shaharlarida ushbu virusga chalinganlar ilk bor tasdiqlandi. Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy hududida ham 90 dan ortiq kasallanish holati ro‘yxatga olingan.

Yangi koronavirusni yuqtirganlar Tailand, Yaponiya va boshqa davlatlarda ham aniqlangan. Vetnam va Singapurda ayrim bemorlarning ushbu virus bilan kasallanganligi gumon qilingan.

“Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti xorijdagi bo‘lib turgan yoki chet elga, xususan, Xitoyga borishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi va Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatimizning Pekin shahridagi Elchixonasiga (Xitoy, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Koreya va Filippin) +8610-6532-6305 telefon raqami orqali hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (Shanxay shahri, Anxoy, Chjetszyan, Szyansi, Szyansu, Xunan va Futszyan provinsiyalari)+8621-6307-1896 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini yeslatib o‘tadi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

TIV

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing