TIV Xitoydan Vatanga qaytolmay qolgan talabalar haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko‘plab mamlakatlar tomonidan Xitoy bilan aviaqatnovlar bekor qilinishi sababli Pekin shahri aeroportida qolib ketgan 3 nafar talaba O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida 2 fevral kuni OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, talabalar bilan aloqa o‘rnatilgan va diplomatlar muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Elchixona Xitoy hududida bo‘lib turgan va qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga har tomonlama yordam ko‘rsatish hamda koronavirusning yangi shakli (2019-nCoV) bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha tezkor Shtab faoliyat ko‘rsatayotganini ma’lum qiladi.

Bog‘lanish ma’lumotlari

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi konsullik bo‘limi:

Aziz Xilvatov +86 138 1120 4471
Bobur Yahyoyev +86 135 1102 4242

O‘zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchixonasi xodimlari:

Nuriddin Ubaydullayev +86 139 10 85 7245
Nodir Nurmatov +86 158 1047 7270
Shuhrat Umirov + 86 139 1175 4476
Rustam Nazarov +86 138 0122 1452
Akmalxon Olimxonov +86 185 0017 0040
Mansur Ibrohimov +86 135 5220 7848
Sardor Sirojov +86 186 1812 9040
Avaz Kamalov +86 178 1070 2707

“Hurmatli O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, Sizlardan turli mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni, his-hayajonga berilmaslikni va xotirjamlikni saqlashni yana bir bor so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Xitoy virus

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing