TIV Qozog‘istonda qolib ketgan o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari vataniga O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Daut-ota” dan tashqari boshqa o‘tish punktlari orqali kelishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi “Daut-ota” – “Tajen” (avtomobil) o‘tish punkti orqali yirik yuk tashuvchi avtomobillarning o‘tishiga ruxsat beriladi.

“Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari O‘zbekistonga O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi “Daut-ota” dan tashqari o‘tish punktlari orqali kelishlari mumkin”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, "Aqtau-Nukus", "Aqtau-Urganch", "Olmaota-Toshkent", "Olmaota-Samarqand" va "Nur-Sulton-Toshkent" yo‘nalishlaridagi havo qatnovi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari va chet el fuqarolari maslahat uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkin:

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi (Nur-Sulton shahri) – 8 (717) 295-45-87;

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi– 8 (727) 390-26-16, 8 (727) 299-20-70;

O‘zbekistonning Oqtau shahridagi Bosh konsulxonasi – 8 (729) 277-71-17.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022 yilning 3 iyulidan 2 avgustiga qadar favqulodda holat joriy etildi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi "Daut-ota" - "Tajen" (avtomobil) o‘tish punktida fuqarolar va yengil transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Bundan tashqari, "Nukus-Beyneu-Nukus" yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l aloqasi ham to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston

Baholaganlar

521

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing