TIV Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotganlarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
14 mart 2020
7432O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mamlakat hududi orqali Qirg‘izistonga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Unda shunday deyiladi:
“O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasiga ayrim internet-resurslarda go‘yoki Qirg‘izistoning O‘zbekiston bilan davlat chegarasini yopganligi to‘g‘risidagi xabarlarni o‘qib, tashvishga tushgan fuqarolarimizdan kelib tushayotgan murajaatlar sonining keskin oshgani munosabati bilan takroran ma’lum qilamiz:
O‘zbekiston Elchixonasiga Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushdi. Unda 2020 yil 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida CoVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqidagi Hukumat qarori to‘g‘risida xabar qilinadi.
“Beqaror epidemiologik holat” kuzatilayotgan davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi.
TIV mamlakatimiz hududi orqali Qirg‘izistonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolaridan Qirg‘iziston Hukumatining yuqorida aytib o‘tilgan qarorini hisobga olishni so‘raydi va Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizga zarur holatlarda mamlakatimizning Bishkek shahridagi elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi hurmatli journalist va blogerlarimizdan O‘zbekiston TIV internet-resurslaridagi CoVID-19 koronavirusining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimiz va boshqa davlatlar tomonidan ko‘rilayotgan choralar haqidagi rasmiy axborotlar to‘g‘risida o‘z o‘quvchilariga aniq ma’lumot berishlarini so‘raydi. Mazkur mavzu bugungi kunda yuz minglab vatandoshlarimizni nafaqat bezovta qilayotganini, balki bu bevosita ularning sog‘ligi va ijtimoiy ahvoliga taalluqli ekanligini hisobga olish zarur”.
LiveBarchasi