TIV Fors ko‘rfazidagi voqealardan so‘ng dunyo hamjamiyatiga chaqiriq bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Fors ko‘rfazida yuz berayotgan, ko‘rfaz davlatlari munosabatlarining yomonlashuviga sabab bo‘luvchi provokaitson harakatlardan tashvishda ekanini bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonotini e’lon qildi.

"O‘zbekistonda “Saudi Aramco” Saudiya davlat kompaniyasiga tegishli ikkita neft nasos-kompressor stansiyasiga qarshi uchuvchisiz qurilmalar aksiyalari tashvish bilan qabul qilindi", deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, mazkur provokatsiyalar neft stansiyalarida ishlovchi insonlar hayotiga jiddiy tahdid soladi. Vazirlik dunyo hamjamiyatini barqaror neft yetkazib berishga va dunyo iqtisodiyoti rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shu kabi harakatlarga bundan keyin yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Ma’lumot uchun, 14 may kuni Yamandagi isyonchi xusiylarga tegishli dronlar Saudiya Arabistoni davlat kompaniyasining neft ob’ektlariga hujum qilgandi.

Saudiya Arabistoni Hukumati mamlakatdagi neft quvurlariga hujumlar nafaqat qirollikka qarshi qaratilgan, balki butun jahon iqtisodiyotining xavfsizligiga tahdid solayotganini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Fors ko'rfazi

Baholaganlar

18

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing