TIV Yoqutistonga ketayotgan fuqarolarni ogohlantirdi
Jamiyat
−
29 mart 2019 7068 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasiga (Yoqutiston) ketayotgan fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh Konsulxonasi (konsullik okrugiga Rossiyaning uzoq sharqiy federal okrugi kiradi) ma’lumotiga ko‘ra Yoqutiston rahbarining joriy yilning 27 martdagi farmoni bilan mamlakat hududida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlariga patent asosida mehnat faoliyati olib boruvchi xorijiy fuqarolarni 33 xil iqtisodiy faoliyatga jalb etish ta’qiqlandi.
Xorijiy fuqarolar uchun taqiq qo‘yilgan mehnat faoliyati turlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Live
BarchasiUkraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Abu-Dabida 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi – Kreml
17:12
Toshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26