TIV buqa hujumidan o‘lgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Rossiyaning Leningrad viloyati Viborg tumanida cho‘ponlik qilayotgan o‘zbekistonlik buqa hujumi natijasida halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Leningrad viloyatida yuz bergan mazkur baxtsiz hodisa haqida rasmiy ma’lumot berdi.

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 13 oktyabr kuni O‘zbekiston fuqarosi S.A. baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan.

Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda o‘zbekistonlik erkak jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda. 

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirgan va eslatib o‘tishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda viloyati) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.


Maqola muallifi

Teglar

TIV o'zbekistonlik buqa

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing