TIV: Aqto‘beda 50 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qolgan

Olam

image

O‘zbekistonning Oqtov shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi joriy yilning 14 dekabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 54 nafar odam, jumladan 50 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqto‘be viloyati Aytekebi tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, tuman yo‘l-patrul xizmati yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish, ularni issiq ovqat bilan ta’minlash va avtobusni ta’mirlashda yordam ko‘rsatdi. Avtobus esa ta’mirdan keyin harakatni davom ettirgan.

Shu bilan birga, TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishki vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligiga qaratgan.

Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari, jumladan tranzit bilan boshqa davlatga o‘tayotgan o‘zbekistonliklar, zarur hollarda mamlakatning Nur-Sulton shahridagi elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Oqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qo‘stanay va Qorag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-45-87, +7-777-218-20-10 (Telegram, Whatsapp, Imo); Oqtov shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel.: +7-29-277-71-17, +7-777-599-00-50, +7-777-599-00-51); Olma-ota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olma-ota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV o'zbekistonlik Aqto'be

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing