TIV Hindistonga ketayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hindistonda va u yerga borish niyatida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi.

Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Hindistonning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi va ularning natijasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etishga majbur bo‘ldilar. 

Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Odamlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish hamda mol-mulkidan ayrilgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

“Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqiradi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik O‘zbekistonning Nyu-Dehli shahridagi elchixonasi telefon raqamlarini eslatib o‘tgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.


Maqola muallifi

Teglar

TIV Hindiston tabiiy ofat

Baholaganlar

29

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing