Tinchlik bo‘yicha Nobel g‘olibi Netanyaxuni tabrikladi
Olam
−
18 Oktabr 2025 5650 2 daqiqa
2025 yildagi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘olibi venesuelalik Mariya Korina Machado Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni telefon orqali suhbatda G‘azoga hujumlar chog‘ida 67 mingdan ortiq falastinlikning o‘limiga sabab bo‘lgan “qat’iy qarori” bilan tabrikladi. Bu haqda Isroil Bosh vazirining idorasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 2025 yilgi Machado Isroilning urush davridagi “yutuqlari”dan hayratda ekanini bildirgan.
U “Isroilning mojaro paytidagi qarorlari, qadamlari va yutuqlarini yuqori baholaganini” ta’kidladi, shuningdek, G‘azo sektoridagi isroillik mahbuslar ozod etilganidan mamnunligini bildirdi.
Machado, shuningdek, Isroilning “Eron o‘qi”ga qarshi zarbalarini olqishlab, buni nafaqat Isroil, balki Venesuela uchun ham tahdid deb e’lon qildi.
Netanyaxu, o‘z navbatida, Machadoni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangani bilan tabrikladi.
Muxolifat yetakchisiga Tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirilishi ortidan Venesuela hukumati Norvegiyadagi elchixonasi yopilganini e’lon qildi. Prezident Nikolas Maduro Mariya Korina Machadoni “iblis”, jodugar” deb atadi.
Venesuela rahbari, shuningdek, Tinchlik mukofoti sovrindorini “aholining 90 foizi yoqtirmasligi”ni aytdi.
Hukumat “resurslarni strategik qayta taqsimlash” doirasida Norvegiya va Avstraliyadagi elchixonalarini yopishini va buning o‘rniga Burkina-Faso va Zimbabveda diplomatik vakolatxonalarni ochishini e’lon qildi. Burkina-Faso va Zimbabve Venesuelani Qo‘shma Shtatlar bilan keskinlashib borayotgan mojaroda qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida 67 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 170 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.
Live
Barchasi