Timur Kapadze noodatiy amaliyotga qo‘l urmoqda
Sport
−
04 mart 2023
6918O‘zbekiston Superligasining dastlabki turida amaldagi chempion “Paxtakor”ni mag‘lubiyatga uchratgan “Olimpik” klubi futbol ishqibozlarini hayratda qoldirishda davom etmoqda.
Klub darvozaboni Dilshod Yo‘ldoshev “Paxtakor” o‘rinbosarlariga qarshi o‘yinda hujum chizig‘ida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
“Timur Kapadzega bu amaliyot begona emas. “Paxtakor” U-21 jamoasiga qarshi o‘tgan yilgi uchrashuvda Vladimir Nazarov qo‘lqopsiz maydonga chiqarilgan edi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, bugun, 4 mart kuni futbol bo‘yicha o‘rinbosarlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bahslari ham start oladi. 1-tur o‘yinlari 6 mart kuni yakunlanadi.
LiveBarchasi