“Time” ilk bor “Yil bolasi”ni e’lon qildi
Olam
−
03 dekabr 2020
5392Mashhur “Time” jurnali o‘z tarixida ilk bor “Yil bolasi” nominatsiyasini e’lon qildi. Nashr 15 yoshli yuqori texnologiyalar tadqiqotchisi Gatanjali Raoni “Yil bolasi” deb e’lon qildi.
Ushbu yangi nominatsiya 2019 yilda ilk bor 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg “Yil odami” deb tanlangani bilan bog‘liq. Jurnal aynan uning tengdoshlari va undan kichiklar uchun yangi toifani joriy qilishga qaror qilgan.
“Dunyo uni o‘zgartirganlarga tegishli. Bugun yoshlar katta ta’sirga ega va ular bu imkoniyatdan dunyoni o‘zlariga mos tarzda o‘zgartirish uchun foydalanyapti”, deydi “Time”.
Birinchi g‘olibni aniqlash uchun Time jurnali va Nickelodeon telekanali 8–16 yoshdagi besh ming nomzodni o‘rganib chiqib, 5 nafar nomzodni ajratib olgan. Ularning bari Viacom kompaniyasidan pul mukofoti oladi.
“Yil bolasi” deb topilgan Gatandjali Raoni AQSHning Kolorado shtatida yashaydi. U internet orqali haqorat qilishning oldi olish uchun sun’iy intellektdan foydalanish yo‘lini va ichimlik suvining ifloslanganlik darajasini aniqlash uchun sensor ishlab chiqmoqda. 2019 yilda Forbes jurnali Raoni fan yo‘nalishidagi reytingiga kiritgan.