Tim Szyu Madrimov bilan jang qilmoqchi

Sport

image

Butunjahon boks tashkiloti (WBC) kamarining sobiq egasi avstraliyalik Tim Szyu o‘rta vaznda Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni o‘zbekistonlik Isroil Madrimov bilan jang qilish niyatida. Bu haqda Szyuning promouteri Jorj Rouz ma’lum qildi.

“Biz Madrimov bilan Avstraliyada jang o‘tkazishni istaymiz. U WBA chempionligini qo‘lga kiritgach, biz Yevropada ham jang qilishimiz mumkin edi, ammo hozirda oldimizdagi asosiy vazifa – Fundora bilan revansh jangi. Agar boshqa imkoniyatlar yuzaga kelsa, ularni ham ko‘rib chiqamiz”, deydi Rouz.

Qayd etish joiz, 31 mart kuni Las-Vegasdagi “T-Mobile” arenasida amerikalik Sebastyan Fundora Tim Szyuni mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida WBO va WBC yo‘nalishlari bo‘yicha kamar sohibiga aylandi. 29 yoshli Szyu 2023 yil oktyabr oyida Brayan Mendozani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, kamarlar egasiga aylangandi. Uning hisobida 24 g‘alaba (17 ta nokaut) va 1 ta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Tim Tszyu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing