TikTok yulduzi Argentina Prezidenti lavozimida ish boshladi

Olam

image

Argentinadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan va o‘zini anarxo-kapitalist va libertar deb ta’riflagan iqtisodchi Xaver Miley Buenos-Ayresdagi inauguratsiya marosimidan so‘ng o‘z vazifasiga kirishdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Saylov kampaniyasi davomida Miley siyosiy institutni korrupsiyadan tozalashga, pul chop etishda va inflyatsiyani kuchaytirganlikda ayblagan Markaziy bankni yo‘q qilishga va tez qadrsizlanayotgan peso kursini AQSH dollariga almashtirishga va’da bergandi.

Biroq Miley inauguratsiya nutqida mamlakat qattiq tejamkorlik choralariga duch kelishini aytgan.

“Afsuski, sizga yana bir bor aytishim kerak: pul yo‘q. Asosiysi, tejamkorlik choralariga va shok terapiyasiga muqobil variant yo‘q. Biz bilamizki, qisqa muddatda vaziyat yanada yomonlashadi. Ammo o‘shanda sa’y-harakatlarimiz samarasini ko‘ramiz”, deydi u.

Sochlari to‘zg‘igan 53 yoshli TikTok yulduzi, musiqachi, iqtisodchi va teleboshlovchi AQSH va Braziliyaning sobiq prezidentlari Donald Tramp va Jair Bolsonaro bilan solishtiriladi.

Saylov kampaniyasining birinchi qismida Miley "AQSH dollari uchun kasal pesodan voz kechishga" chaqirgan va "inflyatsiya saratoni"ni tugatish uchun Markaziy bankni yoqishga va’da bergan.

Shuningdek, abortga, qurolga egalik qilishga qarshi chiqadi, Argentinaning asosiy savdo hamkorlari Xitoy va Braziliya bilan aloqalarni uzishga intiladi.

Qayd etish kerakki, saylovda noodatiy nomzodning g‘alabasi ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Tahlilchilar fikricha, argentinaliklar siyosiy yangi kelganning g‘oyalarini u mamlakatda davom etayotgan iqtisodiy muammolarni hal qilishda yordam beradi degan umidda qabul qilgan.

Mileyning inauguratsiya marosimiga kelgan xorijlik mehmonlar orasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bor edi. Bu uning Lotin Amerikasiga Rossiyaning Ukrainaga urushi boshlanganidan beri birinchi tashrifidir. Miley avvalroq bir necha bor Ukrainani qo‘llab-quvvatlab, Rossiya agressiyasini qoralagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Xav'er Miley

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made