Tixanovskaya siyosiy partiya yaratish to‘g‘risida fikr bildirdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya keyingi prezidentlik saylovlarida qatnashmoqchi emasligi sababli siyosiy partiya yaratmasligini ma’lum qildi.  

"Mening partiya tuzmasligim aniq", degan u. 

Shuningdek, u Belarus Prezidenti lavozimiga sobiq da’vogar Viktor Babariko va Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi a’zosi Pavel Latushkoning jamoalari tomonidan aytilgan o‘z partiyalarini yaratish rejalariga izoh bergan. 

"Bu belaruslar uchun harakatga keltiruvchi kuch", deb ta’kidlagan Tixanovskaya. 

Shuningdek, u partiyalarni yaratish hamfikrlarni birlashtirishning tabiiy jarayoni ekaniga ishora qilgan. 

U yangi saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortishni Belarusning amaldagi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ishtirokisiz qayta saylov o‘tkazish uchun sharoit yaratish haqidagi g‘oyasi bilan izohlagan. 

Avvalroq, Belarus maxsus xizmatlari prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayani terroristik faoliyatga aloqador shaxslar va tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

partiya Tixanovskaya

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing