Tixanovskaya koronavirusga chalindi – OAV

Olam

image

Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya koronavirusga chalingan. Bu haqda uning matbuot kotibi Anna Krasulinaga asoslanib xabar berilgan. 

“Svetlana koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Hozirda hammasi joyida, u ish boshlashga tayyorlanyapti”, degan Krasulina. 

Matbuot kotibi Tixanovskaya koronavirusning “juda yengil” turi bilan og‘riganini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, Belarus Markaziy saylov komissiyasi keyinchalik hibsga olingan eri Sergey Tixanovskiyning tashabbuskor guruhini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgandan so‘ng, Tixanovskaya Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida qatnashdi. Rasmiy ravishda e’lon qilingan saylov natijalariga ko‘ra, Tixanovskaya 10 foizdan sal ko‘proq ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu lavozimda 1994 yildan buyon ishlab kelayotgan amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko g‘olib deb e’lon qilindi. G‘arb Lukashenkoni qonuniy ravishda saylangan Prezident sifatida tan olmadi. Mamlakatda besh oydan buyon namoyishlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Londonda yangi yil ta’tilini oilasi bilan o‘tkazayotgan Armaniston Prezidenti Armen Sarkisyan ham koronavirus bilan kasallangan edi. 

Keyinchalik, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi aytildi. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Tixanovskaya

Baholaganlar

46

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing