Tixanovskaya endi Angela Merkel bilan ko‘rishadi

Olam

image

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Germaniya Kansleri Angela Merkel Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya bilan Berlinda uchrashadi. Bu haqda Germaniya Hukumati vakili Ulrike Demmer ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Belarusda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan keyingi vaziyatni muhokama qiladilar.

Qayd etishi kerakki, Yevropa Ittifoqi, shu jumladan Germaniya ham Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tan olmadi va uni qonuniy Prezident deb hisoblamayapti.

Ma’lumot uchun, 29 sentyabr kuni Tixanovskaya Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashgandi. Ularning suhbati Litvada bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Tixanovskaya Fransiya Prezidenti Belarusdagi siyosiy inqirozni hal qilishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da berganini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Makron Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkodan o‘z xohishi bilan lavozimini tark etishga chaqirgandi.  Bunga javoban Lukashenko uning o‘zi no‘noq siyosatchi ekanini va mamlakatidagi namoyishlar bilan shug‘ullanishi kerakligini aytgandi.

Belarusda deyarli 60 kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ularning ishtirokchilari Lukashenkodan iste’foga chiqish, yangi saylovlar o‘tkazish va namoyishchilarni shafqatsiz ravishda haydagan kuchishlatar tizim xodimlarini jazolashni talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing