Tixanovskaya Belarusdagi vaziyatga xalqaro hamjamiyat aralashuvi kerakligini aytdi
Olam
−
18 Sentabr 2020
4092Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya respublikadagi inqirozli vaziyatdan chiqish uchun xalqaro hamjamiyatning zudlik bilan aralashuvi zarurligini aytdi.
"Belarusdagi vaziyat xalqaro tezkor e’tiborni talab qiladi. Tinchlik namoyishchilari noqonuniy ravishda hibsga olingan, kaltaklangan, zo‘rlangan, namoyishchilarning bir qismi o‘lgan", dedi Tixanovskaya.
Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hokimiyatining xatti-harakatlari "barcha xalqaro normalarga" ziddir. Tixanovskaya Belarus insonning huquqlarini hurmat qilish majburiyatini olganligini esladi.
"Agar ushbu majburiyatlar bajarilmasa, xalqaro hamjamiyat keskin munosabat bildirish huquqiga ega ekanligini anglatadi.
Biz, belarusliklar qonun ustuvorligi, demokratik tamoyillar va tinch muloqotga sodiqligimizni bir necha bor namoyish qildik", dedi Tixanovskaya.
U muxolifatning hokimiyat bilan muloqot qilish uchun ilgari surgan bir nechta talablarini sanab o‘tdi, masalan, zo‘ravonlikni to‘xtatish, barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilish hamda respublikada erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish.
Tixanovskaya Belarus hokimiyatiga nisbatan xalqaro ta’sirni respublikaning ichki ishlariga aralashish deb bilmasligini ta’kidladi.
"Shuni e’tirof etish kerakki, inson huquqlarini himoya qilish ichki ishlarga aralashish emas. Bu inson qadr-qimmati masalasidir", dedi u.
Ma’lumot uchun, Svetlana Tixanovskaya joriy yilning 9 avgust kuni Belarus prezidentligi uchun o‘tkazilgan prezidentlik saylovida oltinchi marta bu lavozimga da’vogar bo‘lgan Aleksandr Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘ldi. Saylovning rasmiy e’lon qilingan natijasiga ko‘ra, Lukashenko 80 foizdan ko‘p ovoz oldi. Tixanovskaya esa 10 foizdan ko‘p ovoz to‘pladi.
Saylov o‘tkazilgan kuni kechasi Belarusdagi shaharlarda Lukashenkoga qarshi namoyishlar boshlandi. Bu namoyishlar bir oydan oshiq vaqtdan beri davom etyapti.https://qalampir.uz/news/belarusdagi-prezidentlik-saylovining-yakuniy-natizhasi-e-lon-k-ilindi-24428
Bir necha kun avval, Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirsa, muxolifat uning xavfsizligini ta’minlashini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi