Tixanovskaya AQSHga safari haqida gapirdi 

Olam

image

AQSH rasmiylari rasmiy Belarus rahbariyatiga yangi sanksiyalarni joriy etish bo‘yicha hali qarorga kelmagan. Bu haqda Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Amerika Qo‘shma Shtatlariga safari haqida gapirib, ma’lumot berdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH rasmiylari rasmiy Belarus rahbariyatiga yangi sanksiyalar masalasida hali aniq javob bermagan. U Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda sanksiyalar mavzusi muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidlagan.

“Yaqin kelajakda Qo‘shma Shtatlar bizning uchrashuvimizga munosabat bildiradi, deb umid qilaman”, degan siyosatchi. 

Tixanovskayaning qo‘shimcha qilishicha, u AQSHdagi uchrashuvlarda Respublikada ommaviy mitinglar to‘xtatilganiga qaramay, Belarus muxolifatining qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligini tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, sobiq nomzod bunday muzokaralar paytida biron bir va’da berish qiyinligini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Tixanovskaya joriy yilning 18 iyul kuni Qo‘shma Shtatlarga kelgan va u yerda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken, AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Senat qo‘mitasi raisi va AQSHning Belarusdagi elchisi Juli Fisher bilan uchrashgan. 

Avvalroq, Tixanovskaya AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan uchrashmoqchi ekani, Baydenning jadvalida esa ushbu “uchrashuv” yo‘qligi haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi vaqtlarda Belarusda ichki siyosiy muvozanat buzilgan. Buning ildizi 2020 yilning avgust oyida mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga borib taqaladi. Saylov natijalariga ko‘ra, 80 foiz ovoz bilan Belarusni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qildi. Biroq ushbu natijalar aholining katta qismida shubha uyg‘otdi va muxolifatning chaqiruvi bilan mamlakatda namoyishlar boshlandi. 

Bir necha oy davom etgan miting va marshlar hech qanday foyda keltirmadi. Lukashenko hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Muxolifat hamda uning ko‘plab tarafdorlari esa Polsha, Litva kabi Yevropa davlatlariga qochib ketdi va u yerdan siyosiy boshpana topdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tixanovskaya

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing