TIF Milliy bank raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror bilan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.

Adliya vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Hukumat qaroriga ko‘ra, Saxi Saparmuhamedovich Annaklichev Milliy bank raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, yetakchi chet el banklari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan, shu jumladan, zamonaviy va xorijiy tajribada keng qo‘llanadigan o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy qilish va amalga oshirilayotgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali hamkorlik munosabatlarini faol rivojlantirish Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Milliy bank

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing