TIF qatnashchilaridan jarima undirish mexanizmi o‘zgaradi
Jamiyat
−
10 noyabr 2019
3685Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida rejalashtirilayotgan eksportyorlar va importyorlardan jarimalarni undirishning amaldagi tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.
"Norma"ning yozishicha, gap chet ellardan xorijiy valyutadagi tushumning kelib tushishi muddatlarini kechiktirishga yo‘l qo‘ygan eksportyorlar, tovarlarning olib kirilishini va ularning “Erkin muomalaga chiqarish” rejimida rasmiylashtirilishini, ishlar va xizmatlar ko‘rsatilishi ta’minlanmagan importyorlarga qo‘llanadigan sanksiyalar xususida bormoqda.
Ma’lumot uchun, jarimalar ko‘rsatilgan majburiyatlar belgilangan muddatdan keyin 30 bank kunidan ko‘proq muddatda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun - 60 bank kunida) bajarilmaganda undiriladi.
Hozirgi kunda jarima uch bosqichda undiriladi: muddatlardan 180 kun kechiktirilgan hollarda – 10 foiz, 180 kundan 365 kungacha - qo‘shimcha 20 foiz, 365 kundan ortiq - qo‘shimcha 70 foiz. Bunda kelib tushmagan valyuta summasi (eksportyorlarda), o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar, ko‘rsatilmagan xizmatlar qiymati (importyorlarda) hisobga olinadi.
Amaldagi tizimni ikki pog‘onali tizimga almashtirishni taklif etishmoqda: 180 kungacha – 40 foiz, 180 kundan ortiq - qo‘shimcha 60 foiz. Pirovard natijada, ikkala holda ham jarimalarning umumiy miqdori 100 foizni tashkil etadi (hozir – 10 foiz+20 foiz+70 foiz; taklif qilinmoqda -40 foiz+60 foiz, tahr.). Biroq, undirish mexanizmiga tuzatish kiritish oraliq bosqichlar kesimida ancha o‘zgarishlarga olib keladi:
• 180 kungacha kechiktirilganda – jarima 4 baravar oshadi (10 foizdan 40 foizgacha);
• 180 kundan 365 kungacha kechiktirilganda – 3,4 baravar (jami 30 foizdan 100 foizgacha).
Shuningdek, eslatib o‘tamiz, yaqinda joriy etilgan qoidalarga ko‘ra, ko‘rsatilgan sanksiyalarni oldini olish va hatto undirilgan jarimalarni qaytarish mumkin.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
LiveBarchasi