Tico'ni majaqlab tashlagan Tahoye haydovchisiga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 14 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Chevrolet Tahoe-2 va Tico rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Endilikda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Bildirilishicha, YTH oqibatida Tico rusumli avtomashina haydovchisi S.T. tan jarohati olib, davolanish uchun shifoxonaga murojaat qilgan.

Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasi shifokorining bergan ma’lumotnomasiga ko‘ra, S.T. da og‘ir tan jarohati – bosh miya chayqalishi, bosh miya travmasi, chap oyoq sinishi va boshqa jarohatlari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chevrolet Tahoe-2 haydovchisi M.Yu.ga nisbatan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur YTH 14 dekabr kuni soat 13:00 lar chamasida Marg‘ilon shahar A.Yassaviy-Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahasi avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgandi. Fuqaro M.Yu Chevrolet Tahoe-2 avtomashinasini boshqarib ketayotib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib, ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro S.T. boshqaruvidagi Tico rusumli avtomashinaga urilib, yo‘l transport hodisasini sodir etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Marg'ilon Tahoe Tico

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing