Tibetdagi zilzila kamida 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi (video)

Olam

image

Xitoyning janubi-g‘arbidagi Tibet muxtor okrugida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi va oqibatda kamida 30 kishi vafot etdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Bugun, 7 yanvar kuni ertalab Himoloy tog‘larida sodir bo‘lgan 6,8 magnitudali zilzila oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yana o‘nlab odamlar jarohat oldi. Mahalliy Xitoy ommaviy axborot vositalari Tibetning Shigadze shahri va uning atrofida kamida 32 kishi halok bo‘lgani, qo‘shni Nepal va Hindistonda esa yer silkinishlari sezilganini xabar qildi.

“Sinxua” axborot agentligi zilzila Dingri okrugidagi Changsuo, Quluo va Suoguo shaharchalarida kuzatilganini xabar qildi.

Hisobotda qo‘shimcha qilinishicha, mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:05 da sodir bo‘lgan zilzila epitsentri 10 kilometr (6,2 milya) chuqurlikda bo‘lgan, biroq magnitudasi avvalroq taxmin qilingan 6,9 dan pastga qarab qayta ko‘rib chiqilgan.

AQSH Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 7,1 ni tashkil etganini ma’lum qildi.

“Ertalab soat 10:00 ga kelib, bir nechta zilzila qayd etildi, eng kattasi 4,4 magnitudani tashkil etdi”, deya qo‘shimcha qildi “Sinxua” muxbiri.

CCTV davlat telekanaliga ko‘ra, Dingri okrugi va uning atrofidagi hududlarda juda kuchli silkinishlar sodir bo‘lgan, epitsentr yaqinidagi ko‘plab binolar qulab tushgan.

“Reuters” axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan videotasvirlarda kattaroq Shigadze va Lxotsze shaharlarida vayron bo‘lgan binoalarning devorlari to‘kilib ketganini ko‘rish mumkin.

Yerosti silkinishlari Nepal poytaxti Katmandudan 400 km uzoqlikda sezilib, aholi uylarini tashlab qochgan.

“Biz juda kuchli zilzilani his qildik, ammo hozircha jarohatlar yoki jismoniy talofatlar haqida hech qanday xabar olmadik. Zarar haqida ma’lumot to‘plash uchun politsiya va boshqa xavfsizlik kuchlarini hamda mahalliy aholini safarbar qildik”, dedi Nepalning Soluxumbu tumani Bosh okrug ofitseri Anoj Raj Ghimire.

Silkinish Hindiston shimolidagi Bixar shtatida ham sezilgan, biroq rasmiylar vayronagarchilik alomatlari haqida xabar bermadi.

Xitoy Zilzila tarmoqlari markazi (CENC) ma’lumotlariga ko‘ra, tog‘li Himoloy mintaqasida zilzilalar tez-tez uchrab turadi, biroq bu galgi zilzila so‘nggi besh yil ichida 200 kilometr radiusda qayd etilgan eng kuchli zilzila bo‘ldi. 2015 yilda Nepalda 7,8 magnitudali zilzila 9000 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tinch okeanida joylashgan Vanuatu davlati qirg‘oqlarida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. AQSH Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila manbai 57,1 km chuqurlikda bo‘lgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy zilzila Tibet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing