Tibbiy malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirildi
Jamiyat
−
12 aprel 2022
10052O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati kamaytiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining kecha, 11 aprel kuni qabul qilingan “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmon bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflari ma’qullandi:
• nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etib, ularda shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;
• malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddatini qisqartirgan holda, toifasiz xodimlarga 3 yil, birinchi toifa uchun – 5 yil, oliy toifa uchun – 7 yil etib belgilash.
SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli me’yoriy hujjatlarga xususiy tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar uchun litsenziya olishda sanitariya va qurilish talablarini soddalashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritadi.
LiveBarchasi