Tibbiyot xodimlariga ishda hijobda yurishga taqiq bekor qilindi
Jamiyat
−
31 mart 2022
9282O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlariga “hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish” bo‘yicha taqiq olib tashlandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev ma’lum qilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining "Odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘i qabul qilingan.
Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 20 yanvardagi 34-buyrug‘iga asosan tibbiyot xodimlari hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurishlari taqiqlangan edi. Endilikda ushbu buyruq bekor qilingan.
Shu o‘rinda deputat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida fuqarolarga hijob va boshqa diniy kiyimlarda yurish bo‘yicha cheklovlar mavjud emasligini ta’kidlab o‘tgan.
LiveBarchasi