Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tibbiyot birlashmasining poraxo‘r boshlig‘ini fosh qildi.

Ikki idora xodimlari tekshiruvida, Angor tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi N.X. fuqaro O.B.ni yuqumli kasalliklar bo‘limiga kichik tibbiy xodim vazifasiga ishga qabul qilish evaziga birlashma kadrlar bo‘limi boshlig‘i N.S. orqali 2,5 mln so‘mni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.X. va N.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya Angor tumani

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing