Tezlikda Islom Maxachevdan kuchliroqman – Volkanovski

Sport

image

Avstraliyalik amaldagi UFC chempioni Aleks Volkanovski Islom Maxachevga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

“Men Xabib-2 bilan jangga tayyorgarlik ko‘ryapman. Murabbiylarim bilan qattiq mehnat qildik. Hamma Maxachev boshqacha jangchi, deydi, lekin men ham bir joyda turmayman. Islomni hurmat qilaman, ammo men boshqalar kabi harakat qiladigan oddiy jangchi emasman. Yana shuni bilamanki, Islom kuchli kurashchi. Ko‘pchilik nimaga erishganimni, qanday janglarda g‘alaba qozonganimni unutib, g‘alabani oldindan Maxachevga bermoqda. Tezlikda raqibimdan ustunlik qilaman", deydi Volkanovski.  

Ma’lumot uchun, Maxachev va Volkanovski o‘rtasidagi jang 12 fevralga o‘tar kechasi UFC 284-turnirida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 19 yanvar kuni “Hardcore FC” Gran-prisi g‘olibi Dmitriy Arishev bo‘lajak jangda Volkanovskining ham imkoniyatlarini yuqori ekanligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Volkanovski

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing