Tezkor: Yulduz Usmonova ustidan sud boshlanish arafasida

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 5 may kuni Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlari va Ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani bo‘yicha sud bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, sud soat 14:00 da boshlanishi kerak edi.

Usmonovaga nisbatan ochilgan ma’muriy ish Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Ammo Oliy sudning tahririyatimizga ma’lum qilishicha, ish materiallari hali kelib tushmagan, o‘z navbatida Yulduz Usmonova ham sudga yetib kelganicha yo‘q, deb xabar bermoqda Feruza Najmiddinova.

QALAMPIR.UZ`ga yetib kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yulduz Usmonovaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi (haqorat qilish) yoki 183-modda (mayda bezorilik) bilan ish ochilgan. Ushbu ma’lumotni tasdiqlash uchun IIV rasmiysi bilan bog‘langanimizda, u aniq ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 may kuni xonanda Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilib, haqoratlagan video tarqalgandi. Uning ortidan IIV surishtiruv boshlanganini ma’lum qilgandi.

Hozirgacha Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ham munosabat bildirdi. Ulardan biri xonandaga tanbeh berib cheklangan bo‘lsa, ikkinchisi Usmonovaning ahloqi masalasi jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi bilan quyidagi jazo tayinlanishi mumkin: 

Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

183-modda bilan quyidagicha jazo tayinlanadi:

Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yulduz Usmonova

Baholaganlar

1932

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing