Tezkor xabar: O‘zbek bokschilaridan ikkinchi oltin medal!
Sport
−
26 Aprel 2019 7221 1 daqiqa
Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari davom ettirilmoqda.
Hozirgina O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi ishtirokidagi ikkinchi final ham yakunlandi. Unda yana bir o‘zbek bokschisi Mirazizbek Mirzahalilov ham boshqa bir Hindiston vakili Kavinder Singx Bishtga qarshi ringga ko‘tariladi.
-56 kg vazn toifasida o‘tkazilgan bahsda O‘zbekiston charm qo‘lqop ustasi o‘z raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz biroz oldin o‘zbekistonlik Nodirjon Mirzahmedov va hindistonlik Dipak ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi.
Live
Barchasi
Ziroat Mirziyoyeva Samarqandga boradi
20 Oktyabr