Tez orada Ukrainada ikkita G‘alaba kuni bo‘ladi – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 9 may kuni o‘zining Telegram kanalida videotabrik joylashtirdi. U ukrainaliklarga tez orada mamlakatda ikkinchi bayram, yana bir G‘alaba kuni bo‘lishini va’da qilgan.  

“Biz farzandlarimiz ozodligi uchun kurashyapmiz, demak, g‘alaba qozonamiz. Sakkiz milliondan ortiq ukrainalik halok bo‘lgan Ikkinchi jahon urushida ota-bobolarimiz qilgan ishlarini hech qachon unutmaymiz. Va yaqin orada Ukrainada ikkita G‘alaba kuni bo‘ladi. Ba’zi odamlarda bittasi ham bo‘lmaydi. O‘shanda g‘alaba qozongandik. Hozir ham g‘alaba qozonamiz. Kreshatik (Kiyevdagi ko‘cha) g‘alaba paradiga guvoh bo‘ladi — Ukraina g‘alabasiga! Natsizm ustidan g‘alaba kuni muborak bo‘lsin! Ukrainaga shon-sharaflar!”, degan u. 

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan kun Ukraina erkin dunyoning to‘laqonli qismi va birlashgan Yevropa ekanini ko‘rsatgan. 

“Bu ertaga hamma yovuzlik va nafrat bilan qaraydigan Moskvaning yolg‘izligidan aniq farq qiladi”, deya xulosa qilgan Ukraina Prezidenti. 

Avvalroq, Ukraina Prezidenti Xotira va yarashish kuni munosabati bilan ukrainaliklarga murojaat yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

623

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing