Tez orada Mbappe “Real”ga o‘tishi mumkin
Sport
−
24 iyul 2023 3778 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe tez orada Ispaniyaning “Real” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Madrid Xtra” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” Fransiyalik hujumchining transferiga hozirlik ko‘rmoqda. Kelishuv avgust oyining birinchi haftasida e’lon qilinishi mumkin.
Qayd etish joiz, Mbappe PSJning Yaponiyadagi mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmaydi. Klub tomonidan hujumchi transferga qo‘yilgan. Futbolchiga “Real”dan tashqari “Al-Hilol”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Chelsi” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
2022-2023 yilgi mavsumda Kilian Mbappe PSJ safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr