Teylor Svift rasman milliarderga aylandi – “Bloomberg”

Madaniyat-san’at

image

Amerikaning pop yulduzi Teylor Svift ilk bor milliarderlar ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda "Bloomberg" nashri xabar berdi.

Billionaires Index'da qo‘shiqchining boyligi uning eng yirik Eras konsert gastroli ortidan 1,1 milliard dollarga yetdi. Nashr "Svift musiqasi va ijrosi tufayli bu maqomga erishgan kam sonli yulduzlardan biri" ekanini yozgan. 

To‘rt yil avval uning boyligi 185 mln bo‘lgan. 2019 yildan beri qo‘shiqchi musiqa relizlaridan – 400 million dollar , chiptalar va mahsulotlar savdosidan – 370 million dollar ,  ko‘chmas mulkidan esa 110 million dollar mablag‘ topgan.

Milliarder qo‘shiqchi nafaqat musiqa va chiqishlaridan, balki sifatli marketing orqali boylik orttirgan. Nashr xonandaning 2023 yilda o‘tkazgan 53 ta konserti AQSH yalpi ichki mahsulotini 4,3 milliard dollarga oshirganiga ham e’tibor qaratgan. 

Sviftning konserti uchun chipta narxi o‘rtacha 254 dollar bo‘lib, ikkilamchi bozorda bundan ham qimmatroqqa sotilishi mumkin. 

 Iyul oyida "Forbes" nashri Svift xonimning boyligi 740 million dollarni tashkil etishi haqida ma’lum qilgandi.

"The Wall Street Journal" kelgusi yil ham 33 yoshli xonanda uchun sermahsul bo‘lishi haqida yozmoqda. Unga ko‘ra, yulduzning butun dunyo bo‘ylab rejalashtirilgan gastrollari unga 4,1 milliard dollar daromad keltirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

milliarder Teylor Svift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing