Teylor Svift Putinni ortda qoldirib, “Yil odami” bo‘ldi 

Bu qiziq

image

Bugun, 6 dekabr kuni amerikalik pop yulduzi Teylor Svift Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Raisi Si Szinpin va Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ni ortda qoldirib, “Time” jurnali tomonidan “Yil odami” , deb topildi. Uning surati bo‘lgan jurnal muqovasi nashrning Instagram'ida paydo bo‘ldi.

“Sayyoramizdagi sakkiz milliard odam vakili sifatida bitta odamni tanlash oson ish emas. Biz dunyoga yorug‘lik keltiradigan  quvonch ulashuvchi odamni tanladik”, deb yozadi jurnal bosh muharriri Sem Jeykobs.

Teylor Svift Vladimir Putin, Charlz III va shu hafta dasturda e’lon qilingan boshqa finalchilarni ortda qoldirdi.

"Sviftning san’atkor sifatidagi yutuqlari – madaniy va tijoriy jihatdan shunchalik kattaki, ularni sanab o‘tish deyarli ma’nosiz bo‘lib tuyuladi", deb yozadi nashr.

Ma’lumot uchun, “Time” oldingi 12 oy ichida dunyoga eng katta ta’sir ko‘rsatgan shaxs, guruh yoki konsepsiyaga ushbu unvonni beradi. 1920 yillarda marketing hiylasi sifatida taqdim etilgan mukofot haftalik bosma jurnallar dolzarbligini saqlab qolish uchun kurashayotgani sababli shov-shuv ko‘tarishda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  "2023 yilning odami" nominatsiyasi uchun nomzodlar ro‘yxatida "Gollivud isyonkorlari" – yil bo‘yi ish tashlagan Gollivud yozuvchilari va aktyorlari, inqilobiy sun’iy intellekt ChatGPT asoschisi bo‘lgan OpenAI kompaniyasi bosh direktori lavozimidan ketgach, jamoasining shov-shuvli norziliklaridan so‘ng yana o‘z o‘rniga qaytgan Sem Altman, "Barbie" filmi va boshqalar bor edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yil odami Teylor Svift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing