Teylor Svift Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftning "Eras tour" deb nomlangan gastrol sayohati tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan safar sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

Teylor Sviftning gastrolidan tushgan daromad 1 milliard dollardan ortiq bo‘lib, u Elton Jonning oldingi rekordini (939 million dollar) ortda qoldirgan. Teylor Sviftning bu sayohati 2023 yilning mart oyida boshlangan va 2024 yil dekabr oyigacha davom etadi. Sviftning bu konsert gastroli Beyonsening ikkita jahon gastrollaridan ikki barobar ko‘p daromad keltirgan.

29 iyul kuni qo‘shiqchining muxlislari uning Sietldagi konsertida rekord darajadagi seysmik faollikni keltirib chiqargan. Bu 2,3 magnitudali zilzila bilan tenglashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq amerikalik pop yulduzi Teylor Svift Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Raisi Si Szinpin va Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III ni ortda qoldirib, “Time” jurnali tomonidan “Yil odami” deb topilgan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ginnesning rekordlar kitobi Teylor Svift Eras tour

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing