Teves Ronaldu va Messi ishtirokida o‘yin tashkil etmoqchi

Sport

image

Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Karlos Teves yaqin kunlarda o‘zining xayrlashuv uchrashuvini tashkil etmoqchi. 2022 yilda professional faoliyatiga yakun yasagan futbolchi Messi va Ronaldu ishtirokida xayrlashuv o‘yini tashkil etishni reja qilgan. Bu haqda “AlbicelesteTalk” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Teves xayrlashuv o‘yiniga sobiq jamoadoshlari va terma jamoadagi do‘stlarini taklif qilishni istaydi. Ular orasida futbol yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham bor.

“Men, albatta, xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazaman. Faqat mos vaqtni belgilash kerak. Messini ham, Ronalduni ham taklif qilmoqchiman”, deydi Teves.

Qayd etish kerak, Karlos Teves o‘z vaqtia Krishtianu Ronaldu bilan “Manchester Yunayted”da, Lionel Messi bilan esa Argentina terma jamoasida birga to‘p tepgan.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida, Leo Messi AQSHning “Inter Mayami” jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Ronaldu Karlos Teves

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing