Teves butsasini mixga ildi
Sport
−
04 iyun 2022
2450Argentinalik 38 yoshli futbolchi Karlos Teves faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U bu haqda “Animales Sueltos” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Faoliyatimni yakunlaganimni tasdiqlayman. Menga ko‘plab jamoalardan takliflar bo‘lgandi, lekin futbolchi sifatida qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Shunday ekan, men endi xotirjam dam olishim kerak”, degan Karlos Teves.
Sobiq hujumchining qo‘shimcha qilishicha, faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga otasining o‘limi ta’sir qilgan.
“Birinchi raqamli muxlisimni yo‘qotdim va shu sabab boshqa o‘ynashni xohlamadim”, degan argentinalik futbolchi.
Faoliyati davomida Teves “Boka Xuniors”, “Korintians”, “Vest Xem”, “Manchester United”, “Manchester City”, “Yuventus” va “Shanxay Shenxua” klublarida to‘p surgan. Uning so‘nggi klubi "Boka Xuniors" edi.
Ma’lumot o‘rnida, Teves uch marta Angliya chempioniga aylangan, ikki marta “Manchester United” va bir marta “Manchester City” bilan. "Manchester United" tarkibida hujumchi 2008 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Karlos "Yuventus" bilan ikki marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Argentina terma jamoasi tarkibida esa 2004 yilgi Olimpiada chempioniga aylangan.Argentinalik 38 yoshli futbolchi Karlos Teves faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. U bu haqda “Animales Sueltos” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi