Test sinovlari uchun abituriyentlarga 3 soat vaqt ajratiladi

Jamiyat

image

2020-2021 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan test sinovlarida abituriyentlarga 3 soat vaqt ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining2-son bayonida belgilandi.

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq:

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlarda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.

Bunda, har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa vaqt ajratiladi (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa).

Ma’lumot uchun, bugungacha imtihonda abituriyentlarga 2 soat vaqt ajratilishi aytib kelinayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil test sinovlari hududlar markazidagi stadionlarla o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon abiturient

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing