Termizda iftorlik paytida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

3-sahifa

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 16 aprel kuni Termiz shahrining “Xan Sulton” restoranida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgani haqida xabarlar tarqaldi. Mijoz sifatida kelgan boshqa bir tadbirkor Termiz shahrida joylashgan “Afruz” to‘yxonasi rahbari janjal ko‘targani aytilgan.

Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 16 aprel kuni taxminan soat 19:10 larda N.N. oila a’zolari bilan Termizdagi “Xan Sultan” restoraniga ovqatlanish uchun kelgan. Biroz vaqt o‘tib ular o‘tirgan stolga do‘sti M.B. ham kelib o‘tirgan. N.N. yana qo‘shimcha buyurtma bergan. Ammo buyurtma kechikaverganligi sababli ofitsiant bilan o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan.

Restoran ish boshqaruvchisi Z.T. mijoz N.N.ga janjal qilmaslikni, Ramazon oyida o‘zaro hurmatda bo‘lishni so‘ragan. Bunga javoban N.N. unga baqirib, o‘zaro hurmatda bo‘lmasligini aytganidan so‘ng N.Nazarov va restoran ishchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
 
Janjal vaqtida N.N. qo‘li bilan Z.T.ning yuziga bir marta urgan. Shundan so‘ng N.N.ning qaynukasi A.T. ham janjalga aralashib, Z.T.ning yuziga qo‘li bilan ikki marta urib tan jarohati yetkazgan. A.T.ni tinchlantirmoqchi bo‘lgan restoran ishchilari F.J. va N.A. ham tan jarohati olgan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi tergov harakatlari davomida restoran ishchilari va boshqa ishtirokchilarning harakatlariga ham qonuniy baho berilishi ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

janjal Termiz

Baholaganlar

741

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing