“Terminator” AQSH prezidenti bo‘lmoqchi
Olam
−
07 avgust 2023
1010376 yoshli amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger konstitutsiyadagi cheklovlarga qaramay, AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi. Bu haqda u “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning tushuntirishicha, bundan u bitta maqsad ko‘zlagan – mamlakatni birlashtirish.
“Agar biz hammamiz Amerikani dunyoda birinchi raqamda ko‘rsak, unda birga “o‘ynashimiz” kerak. Va biz ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishamiz ", deydi Kaliforniyaning sobiq gubernatori bo‘lgan Shvarsenegger.
Shuningdek, aktyor hozir siyosatda xushmuomalalik yetishmayotganini ham aytib o‘tgan.
Shvarseneggerning so‘zlariga ko‘ra, agar Konstitutsiya bo‘yicha cheklov bo‘lmaganida u g‘alaba qozongan bo‘lardi.
Dunyoga mashhur “Terminator” filmi yulduzi Shvarsenegger avstriyalik bo‘lib, AQSH Konstitutsiyasi boshqa mamlakatlarda tug‘ilgan fuqarolarning davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘yishini taqiqlaydi. U 2003-2011 yillar davomida Kaliforniya shtati gubernatori bo‘lgan.
Aktyor respublikachi, lekin odatda mo‘’tadilroq, chap siyosatga amal qiladi.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi kelasi yilning 5 noyabrida o‘tkazilishi belgilangan.
LiveBarchasi