“Terminator” 250 ming dollar xayriya qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Arnold Shvarsenegger Los-Anjeles ko‘chalarida yashab kelgan faxriylarni uy bilan ta’minlash uchun 250 ming dollar xayriya qildi. Los-Anjelesdagi veteranlarga 74 yoshli Shvarseneggerning shaxsan o‘zi 25 ta uyni topshirgan. Kaliforniyaning sobiq gubernatori ushbu uylarni Rojdestvo sovg‘asi sifatida taqdim etgan.

“Bugun men Rojdestvoni erta nishonladim. Men uysiz faxriylar uchun sovg‘a qilgan 25 ta uy shu yerda, Los-Anjelesda qad rostladi”, deb yozdi u 23 dekabr’ kuni o‘z Twitter sahifasida.

“FOX 11 Los-Anjeles”ga ko‘ra, Shvarsenegger 250 000 dollar xayriya pullariga qurilgan uylarni Vetslar qishlog‘iga taqdim etgan. Har bir uyda issiqlik, elektr, konditsioner va qariyalar uchun barcha qulayliklar mavjud.

“Terminator” yulduzi “FOX 11”ga bergan intervyusida u “eng katta Rojdestvo sovg‘asi” deb ta’riflangan kichkina uylar haqida hayajonda ekanligini aytdi.

Arnoldning o‘zi ham faxriy hisoblanadi. Sababi u 18 yoshida Avstriya qurolli kuchlarida xizmat qilgan. Ammo bodibilding ustasi namunali askardan ancha yiroq edi, shu sabab bir necha bor harbiy qamoqxonaga tushib qolgan.

 

Barno Dusiyarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

xayriya

Baholaganlar

210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing