Terma jamoadagi vaqtimizni sog‘inaman – Messi Aguero faoliyatini yakunlagani haqida

Sport

image

Bugun, 15 dekabr kuni PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Instagram sahifasida yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli faoliyati yakunlaganini e’lon qilgan hamyurti Serxio Agueroga bag‘ishlangan post qoldirdi.

“Deyarli butun faoliyatimiz birga o‘tdi. Serxio... Birgalikda ajoyib lahzalar o‘tkazdik. Ba’zida muvaffaqiyatsizlikka uchradik, lekin ularning barchasi bizni do‘stlashtirdi. Maydon tashqarisida esa doimo shunday yashashda davom etamiz. Amerika Kubogidagi g‘alaba va Angliyadagi bir nechta chempionlikdan so‘ng, futboldan ketishing meni xafa qiladi. Albatta, sen baxtli insonsan va doimo shunday bo‘lib qolasan. Seni qadrlaydigan odamlar bilan birga bo‘lishda davom et. Ishonchim komilki, futbol seni unutmaydi”, deydi Messi.

Shuningdek, Leo “Kun” Agueroga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqqiyat tiladi:

“Endi hayotingda yangi bosqich boshlanadi va unda muvaffaqqiyat tilayman! Men seni juda yaxshi ko‘raman, do‘stim. Seni maydonda sog‘inaman, terma jamoadagi vaqtimizni sog‘inaman”.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hujumchisi Serxio Aguero 33 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot uchun, hujumchi Ispaniya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (1:1) qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida taxikardiya tufayli almashtirilgan edi. O‘shanda futbolchi ehtiyot chorasi sifatida almashtirilgan edi. O‘yindan so‘ng, Aguero o‘zini yaxshi his qilayotganinini ta’kidlagan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Messi Argentina Aguero

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing