Teraktda gumonlanganlar o‘zlariga va’da qilingan mukofotni olish uchun Kiyevga yo‘l olgan – Rossiya
Olam
−
30 mart
24475Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktda gumon qilinganlar o‘zlariga va’da qilingan mukofotni olish uchun Kiyevga yo‘l olganini ma’lum qildi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy bayonotida aytiladi.
Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, ularning xatti-harakatlari Telegram'dagi ovozli xabarlar orqali o‘zini ularga taxallus bilan tanishtirgan shaxs tomonidan muvofiqlashtirilgan.
Avvalroq Federal xavfsizlik xizmati rahbari Aleksandr Bortnikov Moskva viloyatida sodir etilgan terakt Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan tayyorlanganini aytgan edi.
Unga ko‘ra, “Krokus Siti Holl”ga hujum qilgan terrorchilar go‘yoki Yaqin Sharqda tayyorgarlikdan o‘tgan.
Rossiya Xavfsizlik kengashi rahbari Nikolay Patrushev ham hujumga Ukrainaning aloqadorligi taxmin qilinayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukrainaning teraktga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov bunday ayblov bema’nilik ekanini aytgandi.
“Bu bema’nilik. Aytgancha, agar biz bu og‘riqli masalaga to‘xtaladigan bo‘lsak, garchi bu dushman bo‘lsa ham, men tinch aholiga qarshi terrorchilik harakatlarini ma’qullamayman”, deydi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari.
LiveBarchasi