Ter Shtegen “Jirona”ga o‘tishga yaqin – Romano

Sport

image

 Ispaniyaning “Barselona” klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘z faoliyatini “Jirona” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda taniqli futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis darvozaboni joriy mavsum oxirigacha ijara asosida “Jirona” safida to‘p suradi. Ayni paytda tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida.

Ter Shtegen 2014 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 423 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 176 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 

Biroq joriy mavsum germaniyalik darvozabon uchun omadsiz kechmoqda. Og‘ir jarohat sababli u o‘yinlarning katta qismini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi va hozirgacha bor-yo‘g‘i bitta uchrashuvda ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, Ter Shtegenning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 7 million yevroga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Ter Shtegen Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar